Afg‘oniston prezidenti 500 tolibonni ozod qilishni buyurdi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani tinchlik haqida uch kunlik sulh tuzilishi ortidan «Tolibon» harakatining 500 nafar a'zosini qamoqdan ozod qilish haqida topshiriq berdi.
Tolo News xabariga ko‘ra, 500 nafar mahbus toliblar tomonidan Afg‘oniston hukumatiga taqdim qilingan ro‘yxatga kirmaydi va ular yaqin 4 kun ichida ozodlikka chiqariladi. Avvalroq, afg‘on hukumati 4600 nafar tolibonni qo‘yib yuborgan edi.
O‘z navbatida toliblar ham avvalroq Dohada imzolangan bitimga amal qilib, mingga yaqin mahbusni ozod qilishganidan so‘ng, G‘ani o‘z qarorini e'lon qildi va toliblarni iloji boricha tezroq tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirdi.
«Tolibon» harakati vakili 30 iyul kuni 82 mahbusni ozodlikka chiqqanini e'lon qildi, natijada, ularning umumiy soni 1005 kishiga yetdi.
Fevral oyida Qatar poytaxti Doha shahrida AQSh va «Tolibon» o‘rtasida imzolangan bitimga ko‘ra, asirlarni o‘zaro almashtirish jarayoni Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralarining boshlanishiga sharoit yaratishi lozim edi. Afg‘on hukumati 5 ming jangarini ozodlikka chiqarishi, toliblar esa xavfsizlik kuchlarining 1 ming xodimini qo‘yib yuborishi ko‘zda tutilgan edi.
Mavzuga oid
21:49 / 28.09.2022
Rossiya «Tolibon» bilan yonilg‘i va g‘alla yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
22:19 / 19.09.2022
AQSh va “Tolibon” o‘zaro mahbus almashdi
13:05 / 15.08.2022
Afg‘oniston sobiq prezidenti mamlakatni tark etishining asosiy sababini aytdi
15:48 / 17.05.2022