Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya «Tolibon» bilan yonilg‘i va g‘alla yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Ma’lum qilinishicha, Rossiya Afg‘onistonga yiliga 1 mln tonnaga yaqin benzin, 1 mln tonna dizel, 500 ming tonna suyultirilgan gaz va 2 mln tonna g‘alla yetkazib beradi.
Rossiya «Tolibon» harakati bilan Afg‘onistonga benzin, dizel yonilg‘isi, gaz va g‘alla yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda Reuters Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri Nuruddin Aziziyga tayanib xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya toliblarga chegirmalar taklif qilgan.
Rossiya yiliga 1 mln tonnaga yaqin benzin, 1 mln tonna dizel, 500 ming tonna suyultirilgan gaz va 2 mln tonna g‘alla yetkazib beradi, dedi Aziziy.
Aziziyning aytishicha, kelishuvda sinov davri ko‘zda tutilgan, vazir uning muddatini aytmadi, lekin bu davr tugaganidan so‘ng uzoq muddatli shartnoma imzolanishini bildirdi.
Rossiya va «Tolibon» o‘rtasidagi kelishuv — harakat 2021 yil yozida hokimiyatni egallaganidan beri u bilan imzolangan ilk xalqaro iqtisodiy kelishuv, deb yozadi Reuters.
Qayd etilishicha, hozircha hech bir mamlakat, jumladan, Rossiya «Tolibon»ni Afg‘onistonning qonuniy hukumati deb tan olmagan. Ammo harakat vakillari 2021 yil sentabrda Moskvaga kelgan va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026