«Tolibon» harakati AQShni dushman sifatida ko‘rmaydi, dedi toliblar vaqtinchalik hukumati ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston uchun oxirgi 20 yil kurash va urushlar bilan o‘tgan bo‘lsa-da, toliblar AQSh va xalqaro hamjamiyat bilan ijobiy munosabatlarga intilmoqda.

Haqqoniy toliblar amerikaliklarni dushman sifatida ko‘rmasligini, ammo afg‘onistonliklarda AQShning maqsadlariga nisbatan ayrim shubhalar borligini qayd etdi.

U Afg‘oniston va uning xalqi xalqaro huquqqa muvofiq o‘z erkinligini himoya qilish huquqiga egaligini ta’kidladi.

Sirojiddiy Haqqoniy Afg‘onistondan hech bir davlatga tahdid bo‘lmasligiga kafolat berdi.