Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatlari markazlarining to‘qsonga yaqin innovatsion binosi qurilmoqda – DXA
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida davlat xizmatlari markazlarining to‘qsonga yaqin innovatsion binosi qurilmoqda, deb xabar bermoqda agentlik axborot xizmati.
«Aholiga qulaylik yaratish, shuningdek, davlat xizmatlari markazlari infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida shu paytgacha davlat xizmatlari markazlarining 96 ta innovatsion binosi foydalanishga topshirildi.
Ushbu binolarning 42 tasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etilgan. Respublika bo‘yicha jami 87 ta DXM binosini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurib bitkazish bo‘yicha investorlar bilan kelishuvga erishilganini alohida ta'kidlab o‘tish joiz. Ayni vaqtda 90 ga yaqin shunday binolarni qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
Tuman markazidan uzoqda joylashgan (100-300 km) hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, davlat xizmatlari markazining mavjud 53 ta filiallari soni 57 taga yetkazildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda», deya agentlik direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq 2020 yil 6 oy davomida 189 ta «Damas» avtomobillari va 20 ta maxsus jihozlangan «Isuzu» avtobuslari orqali 80 mingga yaqin sayyor xizmat ko‘rsatilgani ma'lum qilingan edi.
2020 yilning birinchi yarmida davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar soni 3,6 milliontani tashkil etadi, ushbu davrda xizmatlari turi 13 taga ko‘payib, 143 taga yetgan.
Mavzuga oid
11:42 / 28.01.2026
1200 dan ortiq odamga soxta “prava” qilib berganlar ustidan tergov ketmoqda
16:03 / 24.01.2026
Olis mahallalarda davlat xizmatlari “bir qadam” tamoyili asosida ko‘rsatiladi
12:04 / 21.01.2026
Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish osonlashdi
19:55 / 26.12.2025