Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiya Belarusga 200 nafar jangchini tashlashga uringanini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Belarus hududiga xususiy harbiy kompaniyaning 200 jangchisini tashlamoqchi bo‘lganligini yashirishga urinayotganligini aytdi.

"Bular Belarusga tashlash rejalashtirilgan 180 yoki 200 kishining birinchi guruhi deb tushunaman. Bu aniq ma'lumot. Endi esa "dum"ni yashirishga urinib, bu guruhning tashrifi to‘g‘risida biz bilan kelishishganini aytishlari safsata", - dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda rossiyalik sobiq yoki amaldagi harbiy xizmatchilar ishtirokida qanday tadbir o‘tkazilmasin, ikki davlatning tegishli idoralari hamkorlik qiladi.
"Bizda Belarusga harbiy xizmatchilar kelishiga faqat prezident ruxsat bera oladi. Texnika bilanmi, texnikasizmi, samolyotlar, vertolyotlar va hokazo. Hech kim hech qanday ruxsat bermagan", - dedi Lukashenko.
"Katta og‘alarimiz jim bo‘lib qoldi. Endi bu yigitlarni Istanbulga jo‘natishgani to‘g‘risida qichqirishmayapti. Hech qanday Istanbul bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emasdi. Bu guruhning maqsadi boshqa bo‘lganligi aniq. Tergovning vazifasi ana shu maqsadni aniqlash", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Eslatib o‘tamiz, 29 iyul kuni Belarusda «Vagner» XHK jangchilari ekani gumonlangan 33 nafar rossiyalik qo‘lga olingani xabar qilindi.
Belarus rahbari mamlakat hududida rossiyaliklarning qo‘lga olinishini favqulodda hodisa deb atadi va Rossiya tomonidan tushuntirish talab qildi.
Belarus hukumati «Vagner» a'zolarining mamlakat poytaxtiga kelishini 9 avgust kuniga belgilangan prezidentlik saylovlari oldidan mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinish sifatida baholadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:13 / 21.06.2025
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi

08:40 / 13.05.2025