Jahon | 08:53 / 02.08.2020
4535
2 daqiqa o‘qiladi

Vetnamning Danang shahrida barcha aholi koronavirusga tekshiriladi

Foto: TASS/EPA/LUONG THAI LINH

Vetnamning Danang shahrida barcha aholidan koronavirusga test olinadigan bo‘ldi. O‘tgan hafta oxirida bu yerda koronavirus avj olishi qayd etilgandi.

Reuters axborot agentligining V'yetnam hukumati saytiga tayanib xabar berishicha, umumiy hisobda 1,1 mln kishi koronavirusga tekshiriladi. 

Ta'kidlanishicha, mamlakatda 1 avgustda 40 ta yangi kasallanish holati aniqlangan. Bundan 26 ta holat Danangda qayd qilingan. Umumiy hisobda kasallanganlar soni 586 nafarga yetgan, 3 kishi vafot etgan. 

Koronavirus avj olishi sababli Vetnamning yirik shaharlarida ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlab qo‘yildi, barlar, tungi klublar va ko‘ngilochar maskanlar yopildi.

Vetnam hukumatining xabar berishicha, mamlakatda koronavirusni tekshirish uchun ikkita test-to‘plami - VinKit SARS-CoV-2 RT-PCR 1.0 va VinKit SARS-CoV-2 Multiplex RT-PCR ishlab chiqilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu testlar JSST tavsiya qiladigan tahlillar kabi yuqori sifatga ega.

27 iyulda Danang shahri koronavirus tarqalishi sababli sayyohlar uchun yopilgani ma'lum qilingan. Vetnam sog‘liqni saqlash vazirligi mahalliy hokimiyatga virus tarqalishini bostirish va uning o‘chog‘ini iloji boricha tezroq aniqlash uchun o‘z mutaxassislarini jo‘natgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid