Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy diniy ta'lim muassasalarining qabul imtihonlariga o‘zgartirish kiritildi
Oliy diniy ta'lim muassasalarining qabul imtihonlari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin tartiblari yumshatilgandan so‘ng sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Foto: Islaminstitut.uz
Pandemiya sharoitida mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, abituriyentlarning uzoq vaqt bir joyda o‘tirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy ta'lim muassasalarining qabul imtihonlariga 2020-2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida o‘zgartirish kiritildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy-ma'rifiy ta'lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi xabariga ko‘ra, oliy diniy ta'lim muassasalarida quyidagicha qabul imtihonlari o‘tkaziladi:
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida.
1-blok “Fiqh va aqoid” fani test sinovi, 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
2-blok “O‘zbekiston tarixi” fani test sinovi, 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
Hadis ilmi maktabida.
1-blok “Hadis va mustalahul hadis” ijodiy imtihon, jami 96 ball;
2-blok “O‘zbekiston tarixi” fani test sinovi, 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
Oliy diniy ta'lim muassasalarining qabul imtihonlari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin tartiblari yumshatilgandan so‘ng sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalarida qabul imtihonlari 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Davlat test markazi tomonidan katta sig‘imli binolarda o‘tkazish amaliyoti joriy qilingan.
O‘rta maxsus islom ta'lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili uchun ham qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Test sinovlari Davlat test markazi bayonotida aytib o‘tilganidek, katta sig‘imli binolarda videokuzatuv ostida onlayn translatsiya qilingan holda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
13:31 / 11.03.2026
Poytaxtda ta’lim xizmatlari bo‘yicha yetakchi tuman aniqlandi
19:02 / 06.03.2026
Jazo o‘tayotgan ayollarga oliygohlarda o‘qish imkoniyati yaratiladi
18:59 / 06.03.2026