
Islom diniga e'tiqod qiluvçilar köpçilikni taşkil qilişiga qaramay, Özbekistonda şu vaqtgaça Islomiy moliya sohasi Markaziy Osiyodagi qöşni mamlakatlarga qaraganda deyarli rivojlanmagan, vaholanki uşbu sohaning rivojlanişida mamlakat juda katta salohiyatga ega. Buni yirik xalqaro moliyaviy taşkilotlar (Islom Taraqqiyot Banki Guruhi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, Osiyo Taraqqiyot Banki va b.) ekspertlari tomonidan e'tirof etgan. Şu bilan birga, sönggi yillarda xalqaro moliya taşkilotlari bilan hamkorlikda uşbu yönalişda ba'zi bir işlar amalga oşirildi.
Jumladan: Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) va uning guruhi tarkibiga kiruvçi taşkilotlar, xususan Xususiy Tarmoqni Rivojlantiriş Islom Korporatsiyasi (ICD), Xalqaro islom savdo moliya korporatsiyasi (ITFC) va Islom tadqiqotlar va treninglar instituti (IRTI) mamlakatda islom moliyasi rivojlanişida öz hissalarini qöşgan holda, hozirgi kunga qadar 2 milliard AQŞ dollaridan ziyod mablağni Islomiy moliya tamoyillari asosida moliyalaştiriş maqsadlariga yönaltirgan.

Kiçik va örta biznes Özbekistonda 81 foiz bandlikni ta'minlaş barobarida, sönggi 10 yil içida mamlakatning yalpi içki mahsuloti (YaIM) yillik örtaça 5 foizdan yuqori darajada ösişiga va Markaziy Osiyodagi iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatga aylanişiga katta hissa qöşib kelmoqda. Kiçik va örta biznes vakillari tomonidan Islom moliyasiga bölgan ehtiyojni inobatga olib, Özbekiston 2003 yilda IsDBga va 2004 yilda esa ICDga a'zo davlat sifatida qabul qilindi. Uşbu taşkilotlar va hukumat örtasidagi özaro manfaatli munosabatlar Islom moliyasining Özbekiston bozoriga kirib kelişiga zamin yaratdi va uşbu sohaga birinçi qadamni qöyib berdi.
Bundan taşkari, Özbekistondagi bir neçta oliy öquv yurtlari öz ta'lim dasturlarini Islom moliyasiga doir fanlarni hisobga olgan holda tayyorlay boşladi. Şuningdek, joriy qonunçilikdan kelib çiqqan holda biznes vakillari ham islom moliya xizmatlarini taklif kilişni boşlab yubordi.
Özbekistonda qator islomiy lizing kompaniyalar faoliyat körsatmoqda

Jumladan, 2019 yilda mamlakatda birinçi «Özaro» islomiy suğurta kompaniyasi öz faoliyatini boşladi. Özbekistondagina emas, balki MDH davlatlari içida birinçilardan bölgan elektron-Murabaxa (Murabaxa savdo bitimi asosidagi moliyaviy mahsulot) platformasi işlab çiqildi. IsBF (Islamic Business and Finance) nomli birinçi Islom moliya masalalari bilan şuğullanuvçi kompaniya (asosiy faoliyati uşbu sohada konsalting xizmatlari körsatiş) taşkil etildi, islom moliyasi sohasida aholi savodxonligini oşiriş maqsadida “Islom moliyasi” Telegram sahifasi va veb sayti işga tuşirildi. Taiba Lizing va Al-Mulk Kapital kabi lizing kompaniyalari esa kiçik va örta biznes vakillariga Islom tamoyillari asosidagi ijara mahsulotlari taqdim qilişni davom ettirmokda.













