Amerika hukumati IT-gigantlarni nihoyat yangi monopolistlar — Internet davrining trestlari deb tan oldi. Xöş, buyoğiga endi nima böladi? Monopoliyada ayblanayotgan sayyoramizning eng boy insonlari Amerika parlamentining quyi palatasi deputatlari oldida nega «mulla mingan eşak» holiga tuşirildi? Tahliliy maqola mana şu haqida. 

Google, Apple, Amazon va Facebook rahbarlari — Sundar Piçay, Tim Kuk, Jyeff Bezos va Mark Tsukerberg — ötgan haftaning çorşanba kuni AQŞ Kongressi vakillar palatasining huquqiy masalalar böyiça qömitasi oldida çiqiş qilişdi. Foto: Mandel Ngan / EPA / TASS

AQŞ Kongressi Vakillar palatasi yuridik masalalar böyiça qömitasining Rod Aylenddan saylangan demokrat kongressmen Devid Sisillin raisligidagi trestlarga qarşi kiçik qömitasi Apple, Amazon, Google va Facebook doxil IT-kompaniyalar katta törtligi faoliyatini 2019 iyunidan tekşirişni boşlagan edi.

Ötgan haftada hozir tobora moda bölayotgan videokonferensiya şaklida Vaşingtonda suriştiruv yakunlari böyiça eşittiruvlar bölib ötdi. Ulkan monitor oldida himoya niqoblari taqib ötirgan kiçik qömitaning 15 a'zosi 6 soat mobaynida Apple, Amazon, Alphabet (Google hammuassisi) va Facebook rahbarlari va hammuassislari Tim Kuk, Jyeff Bezos, Sundar Piçay va Mark Tsukerbergni astoydil tergov qilişdi.

Albatta, 1994 yilda yirik tamaki kompaniyalari rahbarlarining eşittiruviga adolatli tarzda mengzalayotgan bu şov-şuvli tadbir avvalroq ham yakunlanişi mumkin edi. Kongressmenlar bilan muloqot qilgan IT-gigantlarning rahbarlari Cisco kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Webex videokonferensaloqa tizimidan foydalanganiga qaramasdan, aloqa sifati juda yomon edi. Xuddi oddiy odamlar singari qonunçilar goh tasvir, goh ovoz yöqolişiga könikişlariga töğri keldi. Lekin ayrim konspirologlarning fikriça, aytiçilar tomonidan atayin tadbirni buziş uçun yuzaga keltirilgan texnik nosozliklar kiçik qömita a'zolariga Katta törtlik rahbarlari ustidan çinakam tergov ötkazişga aslo tösqinlik qila olmagan.

Yorilmaydigan trestlar

Agar Microsoft 1990-yillarning oxirida trestlarga qarşi qonunçilikni buzganlikda ayblangani e'tiborga olinmasa, yirik IT-kompaniyalar va ularning rahbarlari bunaqa bosimga töqnaş kelmagan edi. Boşqa tomondan, ular heç qaçon bu qadar qudratli ham bölmagan. AQŞning beş yirik IT-kompaniyasi — Apple, Amazon, Alphabet, Facebook va Microsoft’ning qiymati AQŞ YaIMining