Manbalarga ko‘ra, eng asosiy nomzod — Jon Ternus, Apple’ning apparat bo‘yicha vitse-prezidenti. U Bloomberg’ning oldingi xabarlarida ham Kukning o‘rniga eng real da’vogar sifatida tilga olingan. Biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

FT manbalari bu jarayonning tezlashuvi kompaniyaning moliyaviy natijalari bilan bog‘liq emasligini ta’kidlaydi. Reja allaqachon shakllangan, lekin rasmiy e’lon 2025 yil yanvar oyidagi navbatdagi daromad hisobotidan keyin bo‘lishi kutilmoqda.
Xabarga ko‘ra, muddatlar o‘zgarishi mumkin, ammo Tim Kukning o‘tgan o‘n yillikni belgilagan davri yakunga yaqinlashmoqda.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.











