U yoki bu amaldorning poraxörligini köz bilan aniqlaş oson iş emas. Korrupsiya tabiatan maxfiy bajariladi. Biroq Fransiyaning Monpele universitetidan Pavlo Blavatskiy boşliq olimlar jamoasi ötkazgan yangi tadqiqot siyosatçilarning tana massasi indeksi va ularning korrupsiyaga moyilligi örtasida qiziq boğliqlik borligini aniqlaşdi.
Olimning özi tuşuntirişiça, uning jamoasi 15ta sobiq sovet respublikalaridagi (Armaniston, Belarus, Gurjiston, Latviya, Litva, Moldova, Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Estoniya, Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston) 299 nafar amaldorga diqqatni jamlaşgan — ularning ismlari oşkor etilmayapti. Blavatskiy bu siyosatçilarning tibbiy kartasini qölga kirita olmagan, şu sababli u ularning fotosuratlarini (2017 yilgi) kompyuter nazari algoritmi yordamida tahlil qilib, ularning tana massasi indeksi (TMI)ni (Transparency International, World Bank, Index of Public Integrity va boşqalarning indekslari va ma'lumotlariga köra) umum qabul qilingan korrupsiyalaşganlik mezonlari bilan soliştirgan.
Olimlarning aniqlaşiça, «yuqori martabali mansabdorlarning fotosuratlariga qarab ham latent siyosiy korrupsiyalaşganlikni aniqlasa bölar ekan».
Umuman olganda, tadqiqotda «iştirok etgan» barça amaldorlarning TMIsi yuqori çiqdi, deb hikoya qiladi Blavatskiy. 299 kişidan 96 nafarida (32 foizida) TMI 35–40ga teng böldi (bu jiddiy, keskin semirganlikni bildiradi). Xususan, bu Özbekistondagi amaldorlarining 24 nafaridan 13 nafarida (54 foiz), Tojikiston amaldorlarining 18 nafaridan 8 nafarida (44 foiz), Ukraina amaldorlarining 24 nafaridan 10 nafarida (42 foiz) kuzatilgan. Yana 13 nafar amaldorda (4 foiz) TMI 40dan ham ötgan: fotosuratlarga köra, Qozoğistonning 20 amaldoridan 3 nafari (15 foiz), Ukrainaning 24 amaldoridan 2 nafari (8 foiz) nihoyatda semirib ketgan bölib çiqqan. Normal vazn (TMI 18,5dan 25gaça) Ozarboyjon, Estoniya, Gurjiston, Qozoğiston, Latviya, Litva, Ukraina va Özbekistonda bir nafardan jami 10 nafar amaldorda (3 foiz) kuzatilgan. Blavatskiyning ma'lumotlariga köra, amaldorlarning birortasi me'yordan kam (TMI 18,5dan past) vaznga ega bölmagan.

















