Koronavirusga qarshi kurashayotganlarga 482 mlrd so‘m to‘lab berildi – Moliya vazirligi
Moliya vazirligi 30 iyul holatiga ko‘ra koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xizmat xodimlariga to‘langan qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlarini ochiqladi. Qayd etilishicha, 124104 nafar xodimga 482 mlrd so‘m to‘lab berilgan.
Vazirlik tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko‘ra Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik xizmati va uning hududiy markazlariga koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar uchun 1 trln 296 mlrd. so‘m ajratilgan.
Qayl etilishicha, 124104 nafar tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa tibbiy xizmat xodimiga 482 mlrd so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘landi. Shu jumladan, oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlari to‘langan. Xususan, 94945 nafar xodim 148,6 mlrd so‘m olishgan. Shundan 25307 nafar shifokorga – 58,2 mlrd so‘m, 43479 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 60,5 mlrd so‘m, 12357 nafar kichik tibbiyot xodimga – 13,5 mlrd so‘m va 13802 nafar boshqa xizmat xodimlariga – 16,4 mlrd so‘m to‘lab berilgan.
Shu bilan birga, 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi sifatida 14427 nafar xodimga 307,5 mlrd so‘m, shundan, 4086 nafar vrachga – 143,3 mlrd.so‘m, 5579 nafar o‘rta tibbiyot xodimiga – 112,9 mlrd so‘m, 2884 nafar kichik tibbiyot xodimiga – 38,6 mlrd so‘m va 1878 nafar boshqa xodimlarga – 12,7 mlrd so‘m berilgan.
Bundan tashqari, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy markazlari xodimlarining lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va og‘ir sharoitlari uchun belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini tegishincha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshirish hamda mehnatiga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentini 5 foizga oshirish hisobiga 14701 nafar xodimga 21,9 mlrd so‘m to‘lab berilgan.
Moliya vazirligining eslatishicha, yuqoridagi to‘lovlar daromad solig‘i va yagona soliq xarajatlari bilan qo‘shib hisoblangan. Jumladan, koronavirusga chalingan bemorlarni 14 kun davomida davolagan shifokorlarga 25 mln.so‘m to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan.
Davolagan shifokorlarga 25 mln so‘m to‘lab berish uchun unga qo‘shimcha 12 foiz miqdoridagi daromad solig‘i, 1 foiz kasaba uyushmasiga va 25 foiz miqdoridagi yagona soliq xarajatlari bilan qo‘shib hisoblanadi ya'ni bir shifokorga 25 mln.so‘m to‘lash uchun 35,9 mln.so‘m mablag‘ sarflanadi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023