Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya prezidenti Bayrutdagi portlash sababli Livanga shoshilinch tashrif amalga oshiradi
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Bayrutdagi kuchli portlash sababli yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilgani 6 avgustda Livanga tashrif amalga oshiradi. Bu haqda Makronning o‘zi Twitter’da ma'lum qildi.
“Men payshanba kuni Livan xalqiga Fransiya xalqidan qardoshlik va birdamlik so‘zlarini yetkazish uchun Bayrutga yo‘l olaman”, deb aytgan Makron. U Livandagi favqulodda vaziyat sababli ta'tilini to‘xtatishga qaror qilgan. Makron Livan poytaxtida respublika prezidenti Mishel Aun va bosh vazir Hasan Diab bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Fransiya rahbari Livanga zudlik bilan qutqaruvchilar va shifokorlar maxsus otryadini hamda dori-darmon va uskunalar yetkazishni buyurgan. 5 avgustda Fransiyadan Bayrutga uchta harbiy-transport samolyotida 25 tonna insonparvarlik yordami jo‘natilgan. Yaqin kunlarda Fransiya Livanga xalqaro, birinchi navbatda Yevropa darajasida yordam berish bo‘yicha yangi tashabbuslarni bildirishni rejalashtirmoqda.
Livan poytaxtida 4 avgustda kuchli portlash yuz berdi. Portlash oqibatida bir necha kilometr atrofdagi ko‘plab binolarga zarar yetkazgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashda halok bo‘lganlar soni 137 nafarga yetgan, 5 mingga yaqin odam jarohat olgan. Shuningdek, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. 300 mingga yaqin odam boshpanasiz qolgan.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026