Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada qurollangan erkak bankda bir necha kishini garovga oldi
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, garovda besh kishi ushlab turilibdi.
Fransiyaning Gavr shahrida qurollangan erkak bank bo‘limlaridan biriga bostirib kirgan va bir necha kishini garovga olgan. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, u bir o‘zi harakat qilmoqda va sheriklari yo‘q.
Nashrning politsiyadagi manbalarining so‘zlariga ko‘ra, besh kishi garovda ushlab turilibdi.
Politsiya bank bo‘limi atrofini o‘rab olgan.
Gazetaning yozishicha, bosqinchi bir nechta talablarni ilgari surgan, ammo nashr qanday talablar ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026