Kun.uz saytida hozirgi epidemiya holatida oğir ahvoldagi bemorlar hayotini saqlab qolişda kislorod konsentratorlarning ahamiyati haqida, şu bilan birga ularning soni yetişmayotgani, çetdan keltiriladigan bu uskunalar esa qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilingan tovarlar röyxatiga kirmay qolgani haqida maqola e'lon qilingandi.
Davlat bojxona qömitasi bu turdagi mahsulotlarni tadbirkorlar tomonidan respublikamizga heç qanday tösiqlarsiz olib kirilişiga alohida e'tibor qaratilayotganini, kislorod va aerozol terapiyasi uçun sun'iy nafas oliş yoki boşqa terapevtik nafas oldiriş apparatlarini Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirişda 2020 yil 31 dekabrga qadar bojxona boji va aksiz soliğidan ozod qilinganini ma'lum qildi.
Ammo, hamon biror rasmiy idora havo kabi zarur bölgan bu uskunaning importi qöşilgan qiymat soliğidan ozod etilişi haqida lom-mim demadi.
Amalda belgilangan tartibga köra, kislorod konsentratorlari importiga qöşilgan qiymat soliğidan imtiyoz qöllaş böyiça taşabbus körsatiş huquqi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi ixtiyorida ekanligi ma'lum böldi.
Özbekiston Respublikasi prezidentining «2019 — 2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmoğini yanada jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida» Farmoni 3-bandiga köra import qilişda Soliq kodeksida nazarda tutilgan qöşilgan qiymat soliği böyiça imtiyoz joriy etilmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari röyxati Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tomonidan şakllantiriladi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Bundan xulosa qiliş mumkinki, bugungi kunda davlat gardaniga tuşayotgan yukni biroz bölsa-da kamaytirib, köplab insonlarning bevaqt ölimi oldini olişga erişiş maqsadida yuqorida nomi tilga olingan Agentlik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan röyxatni qayta körib çiqişi maqsadga muvofiq böladi. Zero, bu kabi hayotiy ahamiyati katta bölgan uskuna importidan budjetga kutiladigan soliq tuşumidan köra bu yönaliş uçun davlat sarflayotgan mablağning miqdori bir neça ön barobar yuqori bölsa ajab emas.
Qöşimça tarzida şuni ta'kidlaş kerakki, nafaqat bojxona rasmiylaştiruvi paytida, balki realizatsiya paytida ham bu tibbiy uskuna soliqqa tortilmasligi kerak, çunki bu oxir-oqibat uşbu tovarlarni sotib olayotgan, uyida bemor saqlayotgan oilalar uçun qöşimça xarajatlarni keltirib çiqaradi.
















