«Koronavirus pandemiyasi davrida dunyo böylab sun'iy nafas oldiriş uskunalariga bölgan ehtiyoj tobora ortmoqda. Ayniqsa ahvoli oğirlaşgan bemorlar uçun kislorod konsentratorlari juda muhim ahamiyatga ega.
Şu sababli, bu turdagi mahsulotlarni tadbirkorlar tomonidan respublikamizga heç qanday tösiqlarsiz olib kirilişiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5978-son Farmoni bilan tasdiqlangan röyxatga muvofiq ozon, kislorod va aerozol terapiyasi uçun sun'iy nafas oliş yoki boşqa terapevtik nafas oldiriş apparatlarini Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirişda 2020 yil 31 dekabrga qadar bojxona boji va aksiz soliğidan ozod qilingan.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi 2020 yil 22 iyuldagi 449-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 oktyabrga qadar bölgan muddatda kislorod konsentratorlar import qilinganda davlat röyxatidan ötkazilmasdan va majburiy sertifikatlaştirilmasdan bojxona rasmiylaştiruvini amalga oşiriş va realizatsiya qiliş belgilandi.
Mazkur imtiyozlardan samarali foydalangan holda taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari tomonidan sönggi 1 hafta davomida respublikamizga qiymati 4,3 mln AQŞ dollariga teng 394 dona öpkani sun'iy şamollatiş uskunalari hamda qiymati salkam 2,9 mln. dollarga teng 5899 dona kislorod konsentratorlari keltirilgan bölib, mazkur tibbiy jihozlar keltirilgan kunning özidayoq soddalaştirilgan tartibda bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilgan.
Mazkur tovarlar bojxona organlari faoliyatiga joriy qilingan «Xavfni boşqariş tizimi» orqali asosan «yaşil» yölaklarda rasmiylaştirilgan bölib, bojxona rasmiylaştiruviga örtaça 1 – 1,5 soatgaça vaqt sarflangan.
Turli tuşunmovçiliklarni oldini oliş maqsadida tadbirkorlar e'tiboriga şuni yetkaziş lozimki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi «2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmoğini yanada jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5707-son Farmoni talablariga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan boşlab import dori vositalari (dori substansiyalari bundan mustasno) va tibbiyot buyumlarini «erkin muomalaga çiqariş (import)» bojxona rejimiga rasmiylaştirişda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğim undirilişi va uşbu yiğim Farmatsevtika tarmoğini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamğarmasini şakllantiriş manbaasi sifatida belgilangan.


















