Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi va uning tarkibiy tuzilmasi hisoblanuvçi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazi” DUKda budjet mablağlarining foydalanilişi, qonun hujjatlariga rioya etilişi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş böyiça örganiş ötkazildi.
Ma'lum qilinişiça, örganişda, taşkilot mansabdor şaxslari va xodimlari tomonidan budjet mablağlarining maqsadsiz sarf qilinişi, özlaştiriş va talon-toroj qiliş holatlari, aslida işlamagan xodimlar uçun oylik iş haqlari tölab kelinişi, budjetga soliqlarning tölanmaganligi, davlat xaridlari jarayonlari ötkazilişi, şuningdek, bir qator dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatida e'tirof etilmaydigan preparatlarni normativ talablarga zid ravişda dori vositasi sifatida davlat röyxatidan ötkazilganligi kabi qator qonun buzilişi holatlari aniqlangan.
“Örganiş yakuni böyiça Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi va uning tarkibiy tuzilmasida jami 19 mlrd. 409 mln. 889 ming sömlik juda köp miqdordagi moliyaviy xato va kamçiliklar mavjudligi va budjet mablağlarining sarf qilinişida belgilangan talablarning qöpol ravişda buzilganlik holatlari aniqlandi. Mavjud aniqlangan holatlar yuzasidan töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etildi”, deyiladi Aksilkorrupsiya agentligi xabarida.
Şuningdek, taqdim etilgan hujjatlar asosida Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazi” DUKning mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

















