Abdulla Azizov Farmatsevtika agentligi direktori etib tayinlandi
2020-2022 yillarda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bo‘lgan Abdulla Azizov amaldagi tayinlovga qadar «Olmaliq KMK» boshqaruvi raisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Foto: Kun.uz
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yangi direktor tayinlandi. Abdulla Azizov ushbu lavozimda ish boshladi.
Abdulla Azizov 1981 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan, Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2006-2019 yillarda Daniya kompaniyalarida moliya va biznes-loyihalarni avtomatlashtirish sohasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2019-2020 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. 2020-2022 yillarda - sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.
Abdulla Azizov 2022 yildan hozirgi vaqtga qadar «Olmaliq KMK» AJ boshqaruvi raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Sentyabr oyi boshida imzolangan prezident farmoni bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilgandi.
Ma’lumot uchun, prezident Farmatsevtika agentligi rahbari Sardor Kariyevni 2022 yilning 30 dekabr kuni lavozimidan ozod qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59 / 07.04.2025
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18 / 07.04.2025
Mavzuga oid

20:25 / 05.02.2025
Dorilarni retsept bilan sotishga qachon o‘tiladi?

14:12 / 03.02.2025
Abdulla Azizov ayrim dorilar narxi ustidan nazorat to‘xtatilishini izohladi

22:12 / 30.01.2025
“Boj to‘lovi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko‘mak bo‘ladi” - Farmagentlik rahbari

19:12 / 04.07.2024