9 avgust kuni Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi özining rasmiy saytida miasteniya bilan oğrigan bemorlarning «Kalimin» dorisi joylarda kamayib ketganligi, borlari juda qimmat sotilayotgani haqidagi rasmiy xabarni e’lon qildi.
Agentlikning keltirişiça, 4 avgust kuni Rasul Kuşerbayevning Telegram-kanalida bu dorining narxi hozirda 10 baravar oşgani, oldin iste’molçilar uni 170 ming sömdan xarid qilgan bölsa, hozirda 1 mln sömgaça sotilayotgani yozilgan. Ayni vaqt 122 nafar bemorga bu dori suv va havodek zarur, ular muammo bartaraf etilişini intizorlik bilan kutişmoqda.
«Mening qaynotam miasteniya kasalligidan davolanadi. Bir oyga bir yarim paçka ketadi.
«Kalimin»ning bir paçkasini 170 mingdan olardik. Hozirgi kunda uşbu dorini topişga kiynalib qoldik. Boriyam bir millionga çiqib ketdi.
Dorining Özbekistonga keltirilişi töxtaganmiş. Unda Soğliqni saqlaş vazirligi boşqa analoglari keltirilişining çora-tadbirlari körib çiqilişida amaliy yordam berişingizni sörayman.
Soğliqni saqlaş vazirligiga ham, portalga ham, Farmatsevtika agentligiga ham yozdim. Lekin natija yöq.
«Kalimin»ni mahalliylaştiriş yöllarini ham körib çiqişsa, yaxşi bölardi. Qaynotam «Kalimin»ni içmasa közini oçolmay, yurolmay, ovqat yeyolmay qoladi.
Dori bizga suv va havodek zarur»,– deydi murojaat qilgan fuqarolardan biri.
Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligining yozişiça, prezidentning tegişli qaroriga köra, çetdan olib kelinadigan, mamlakat işlab çiqaruvçilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va çakana sotiş ularni yetkazib berişda iştirok etuvçi vositaçilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uçun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, çakana savdo uçun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bölmagan miqdorlarda belgilanadigan çeklangan savdo ustamalari qöllanilgan holda amalga oşiriladi.
















