Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayev Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasining boş şifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova bilan suhbat uyuştirdi.

Qayd etilişiça, Muhayyo Asilova Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan birinçi bemorni qabul qilgan, bugungaça özi va jamoasi bilan koronavirusga çalingan minglab bemorlarni davolab kelmoqda.

Furqat Sanayev va Muhayyo Asilova / Soğliqni saqlaş vazirligi

– Muhayyo opa, neça yildan buyon şifokorlik kasbidasiz?

– Uşbu sohada 32 yildan beri faoliyat yurityapman. 1996 yildan beri, Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti oçilgan dastlabki yillardan buyon şu yerda faoliyat yuritib kelaman. Muassasamizda har doim oğir bemorlar bölgan. Ayniqsa, diareya bilan olib kelingan bolalarning hayotini saqlab qolişda, hatto bir daqiqa ham ahamiyatli. Şifokorlarimiz reja bilan işlamaydi, ya'ni kelgan bemorga zudlik bilan yordam körsatadi. Qolaversa, öta yuqumli kasalliklar ham aynan bizning şifoxonaga keladi. Şifokorlik qasamimizni, uning zahmatini har bir bemorni davolaş çoğida eslaymiz.

– Koronavirus infeksiyasi yurtimizga kirib kelgan daqiqalardan buyon kasallik öçoğidasiz. Ilk bor Covid-19 infeksiyasi qayd etilganda qay holatga tuşgansiz?

– Özbekistonda koronavirus joriy yil 15 mart kuni ilk bor institutimiz klinikasi laboratoriyasida aniqlandi. Heç esimdan çiqmaydi, öşa kuni keçasi soat 3:00 atrofida laboratoriya xodimlari qönğiroq qilib, xorijdan kelgan vatandoşimizning natijalari musbat çiqqani haqida xabar berişdi. Oçiği, öşa kungaça bu ofat bizga yetib kelmasligiga umid bor edi. Darhol şifoxonaga yetib bordim va virus yuqtirgan bemor yotgan palataga kirdim. Uning özi hali koronavirusga çalinganidan bexabar edi. Natija haqida xabar berganimizda, u, tabiiyki tuşkunlikka tuşdi. «Bolalarim endi nima böladi, pnevmoniyadan ölib ketamanmi?» derdi.

Vaqt yöqotişimiz mumkin emasdi. Darhol davolaşni boşladik. Jarayon juda tez boşlanib ketdi, lekin bemordan köra, özimda qörquv katta edi. Şunday bölsa-da, davolaş çoralarini va karantinni töğri taşkil qila oldik. Bemorlar oşişini hisobga olib, öşa kunning özida barça xodimlarga bemorlarga sidqidildan xizmat körsatişimizni aytdim. Şukrki, heç bir xodimim bemorlarga qaraşdan boş tortmadi. Xodimlarimga namuna bölişim uçun ham bemorlar parvarişida özim iştirok etdim.