Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko unga ataylab koronavirus yuqtirishganini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning fikricha, unga koronavirus ataylab yuqtirilgan.
“Menga koronavirusni yuqtirishgan. Biz hozir buni tergov qilmoqdamiz”, deb aytgan Lukashenko ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida. Lukashenkoning bu so‘zlarini Minskdagi intervyuda ishtirok etgan “Gordon” nashri bosh muharriri Alesya Batsman keltirib o‘tdi.
28 iyulda Belarus prezidenti koronavirusga chalingani, biroq undan sog‘ayib ketganini ma'lum qilgan. “Siz bugun koronavirusni “oyoqda” o‘tkazgan odam bilan uchrashmoqdasiz. Kecha shifokorlar shunday xulosa berdi. Simptomlarsiz”, deb aytgandi Lukashenko.
Belarus rahbari kasallikni alomatlarsiz o‘tkazganidan mamnunlik bildirgan. “Men avval ham aytganimdek, aholimizning 97 foizi bu kasallikni simptomsiz o‘tkazdi. Yaxshiyamki, men simptomsizlar guruhidaman. Nihoyat bu kasallikni yengib o‘tib, Belarusning oltin fondiga qo‘shildim», deya hazillashgandi Lukashenko.
Belarus prezidenti koronavirusni qachon boshdan o‘tkazganiga aniqlik kiritmagan.
Mavzuga oid
22:38 / 08.07.2026
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026