«Savdo to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi
Qonunning maqsadi savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Savdo to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar huquqlarini va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;
- savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlarni respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida taqsimlash;
- savdo madaniyatini takomillashtirish;
- savdo faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibotlarini o‘rnatish;
- aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, raqobat muhitini shakllantirish;
- ushbu Qonun tashqi va birja savdolari, ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar, energoresurslar ta'minoti, lombardlar, intellektual mulk sohalaridagi savdo munosabatlarini tartibga solmaydi.
Davlat tomonidan savdo faoliyatini tartibga solishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
savdo faoliyati ishtirokchilari, ishlab chiqaruvchilar, shuningdek mahsulotlar va xizmatlar iste'molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimining yagonaligi.
Savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish metodlari quyidagilardan iborat:
- barcha turdagi savdo faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga qo‘yiladigan talab hamda tartiblarini tasdiqlash;
- oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish hamda savdo faoliyatini yuritish qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish;
- savdo sohasida monopoliyaga qarshi tartibga solish;
- savdo sohasida axborot ta'minotini chuqur joriy etish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash.
Savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning quyidagi turlari mavjud:
texnik standartlashtirish, gigiyenik sanitariya qoidalarini belgilash, tovarlar va savdo faoliyati sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
Savdo faoliyati sub'yektlari quyidagilarni mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega:
savdo sohasida amalga oshirmoqchi bo‘lgan iqtisodiy faoliyat turi;
tadbirkorlik faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan savdo obekti (shaxsiy, ijaraga olish, turg‘un, ko‘chma);
savdo faoliyatini amalga oshirish usuli (yarmarka, savdo avtomatlari orqali, Internet orqali va x.k.);
sotiladigan tovarlarga narxlar;
savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi va shartlari (tovar va xizmatlar assortimenti, ish tartibi, faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskunalar, reklama tashkil etish usullari, oldi-sotdi shartnomalar shartlari), shuningdek iste'molchilarga sotuvchi, taklif etilayotgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yetkazib berish usullari;
savdo obektlarida tovarlarni xarid qilish va xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali hamda savdo-texnologik uskunalar, yuk ko‘tarish va transport vositalaridan foydalangan holda va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:20 / 16.11.2024
O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi
11:27 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston imtiyozli savdo bitimiga kiruvchi mahsulotlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
09:30 / 31.10.2024