Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga berilgan imtiyozlarni qo‘llashda byurokratiyaga yo‘l qo‘yilmoqda - Biznes-ombudsman
Foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga nisbatan soliqlarning oshirilgan stavkalarini qo‘llashni to‘xtatmaslik, faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlarning faoliyatini noqonuniy to‘xtatish kabi holatlar uchramoqda.
Bugun, 6 avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Biznes-ombudsman bosh inspektori Sherzod Saidov tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq muammolarga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Sherzod Saidov tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga qat'iy rioya etilishi Biznes-ombudsman tomonidan nazoratga olinganini ta'kidlar ekan, ayni paytgacha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim davlat organlari va tashkilotlar tomonidan tadbirkorlar uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llashda va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishda sansalorlik, byurokratiyaga yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilayotganini aytdi.
«Jumladan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga nisbatan soliqlarning oshirilgan stavkalarini qo‘llashni to‘xtatmaslik, faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlarning faoliyatini noqonuniy to‘xtatish kabi holatlar uchramoqda.
O‘tgan davr mobaynida ayrim davlat organlari va tashkilotlar tomonidan karantin davrida tadbirkorlarga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llash rad etilgani sababli Biznes-ombudsman tomonidan 143 ta taqdimnoma, 97 ta ogohlantirish, 27 ta xulosa, 354 ta ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma, 80 nafar tadbirkor manfaati yuzasidan 47 milliard so‘mlik da'vo arizalar kiritildi», – deya ma'lumot berdi Sherzod Saidov.
Ma'lum bo‘lishicha, Biznes-ombudsman barcha nazorat qiluvchi organlarga karantin vaziyatida tadbirkorlik faoliyatida tekshirishlar o‘tkazmaslik bo‘yicha chaqiruv bilan chiqqan.
Koronavirus pandemiyasi davrida ayrim nazorat organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish tartibining buzilishi holatlari yuzasidan 146 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bugungi kunga qadar ma'muriy sud qarorlariga asosan 95 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan.
Qolgan 51 ta holat bo‘yicha hujjatlar ma'muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
12:40 / 30.05.2026
Kichik biznesga keng ko‘lamli soliq erkinliklari e’lon qilindi (batafsil)
09:45 / 30.05.2026
Ilmiy daraja berishda qator talablar bekor qilinadi
15:51 / 12.05.2026