AQSh butun Xitoy internetiga taqiq qo‘ymoqchi
Mayk Pompeo Xitoy bilan virtual aloqalarni butkul to‘xtatish ko‘zda tutilgan besh yo‘nalish haqida ma'lumot berdi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo mamlakatda Xitoy internetiga kirishga to‘siq qo‘yish ko‘zda tutilgan «Toza tarmoq» («Clear Network») tashabbusi bilan tanishtirdi, deb yozadi BI.
Pompeo ushbu tashabbus doirasidagi besh yo‘nalish haqida ma'lumot bergan.
Birinchi yo‘nalishga ko‘ra, «Xitoyning ishonchsiz operatorlari» AQSh telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu kompaniyalar milliy xavfsizlikka tahdid soladi va AQSh fuqarolariga xizmat ko‘rsatmasligi kerak.
Ikkinchidan, Apple App Store va Google Play Store do‘konlarida tozalov o‘tkazilib, ishonchsiz ilovalar o‘chiriladi.
Uchinchidan, amerikalik dasturchilarning o‘z ilovalarini Xitoy telefonlariga o‘rnatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘rtinchidan, amerikaliklar o‘z ma'lumotlarini Xitoyning bulutli servislarida saqlamaydi.
Beshinchidan, Amerikaning suvosti kommunikatsiya kabellari Xitoyning tajovuzidan himoya qilinadi. O‘n minglab kilometr uzunlikdagi kabellar okean tubidan o‘tganligi hisobga olinsa, bu qanday tarzda amalga oshirilishini tasavvur qilish qiyin.
«Clear Network» doirasidagi choralarni amalga oshirish maqsadida AQSh prezidenti Donald Tramp TitTok videoservisi egasi ByteDance kompaniyasi hamda WeChat messenjeri egasi Tencent kompaniyalari bilan har qanday shartnomalar tuzishni taqiqlash ko‘zda tutilgan farmonni imzoladi. Ushbu farmon kuchga kirganidan keyin TikTok yoki WeChat bilan hamkorlik qilgan kompaniyalar jarimaga tortiladi.
Mavzuga oid
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30 / 04.11.2024
Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
16:42 / 03.11.2024