Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarning tanishish maqsadlarida yadroviy qurilmalarga tashrif buyurishi tartibi tasdiqlanadi
O‘zbekiston fuqarolarining tanishish maqsadlarida yadroviy qurilmalar va saqlash punktlariga tashrif buyurish tartibi tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining tanishish maqsadlarida yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlariga tashrif buyurish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining tanishish maqsadlarida yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlariga tashrif buyurish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, fuqarolarning atom energiyasidan foydalanish obektlariga tashrif buyurish muddatlari ushbu obektlarning amaldagi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, yong‘inlar, epidemiya va boshqalar) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot fuqarolarni atom energiyasidan foydalanish obektlariga tashrif buyurishini cheklash huquqiga ega.
Fuqarolarning atom energiyasidan foydalanish obektlariga tashrif buyurishi tanishish va quyidagi:
atom energiyasidan foydalanish obektdagi radiatsiyaviy vaziyat hamda uning aholi salomatligi va atrof muhitga ta'siri;
atom energiyasidan foydalanish obekt joylashgan hududda yashovchi aholining yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizligini ta'minlash;
atom energiyasidan foydalanish obektning texnik jihatdan xavfsiz faoliyat ko‘rsatishi;
radioaktiv chiqindilarni saqlashni nazorat qilish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Fuqarolarning atom energiyasidan foydalanish obektlari hududlariga kiritilishi tashrif buyurish kunidan kamida 45 kun oldin obektning ekspluatatsiya qiluvchi tashkiloti nomiga tashrif buyurish maqsadlari hamda qiziqtirayotgan savollar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda belgilangan shakldagi yozma ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot quyidagi ma'lumotlarni talab qilishga haqli:
reportaj, maqola, intervyu, foto, kino, video tasvirga olish ssenariylari rejasi;
foydalaniladigan audio va video fototexnikalari (nomi va seriya raqami);
agar tashrif buyurish shaxsiy yoki ommaviy axborot vositalariga tegishli bo‘lgan transport vositalarida rejalashtirilayotgan bo‘lsa ushbu transport vositalari to‘g‘risida (davlat raqami, markasi va turi) ma'lumotlar.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot ariza kelib tushgan sanadan 35 kun muddat davomida arizani ko‘rib chiqadi, tashrif buyurish kunini belgilaydi va fuqarolarni xabardor qiladi.
Fuqarolarning atom energiyasidan foydalanish obektlari hududlariga kiritilishi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar hamda ushbu obektning ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan berilgan ruxsatnoma bilan amalga oshiriladi.
Bunda, fuqarolik pasportiga ega bo‘lmagan umumiy va o‘rta-maxsus ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan o‘quvchilarning tashrifi ushbu ta'lim muassasasi tomonidan ularning ota-onalari yoki vasiylarining roziligi olgan holda hamda mazkur muassasaning o‘qituvchilari nazorati ostida, ushbu muassasa rahbariyati tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat, shuningdek taqdim etilgan ro‘yxat asosida obekt ma'muriyati tomonidan qabul qilingan qaror asosida amalga oshiriladi.
Obektlarda yadroviy qurilmalar maketlari, plakatlar, taqdimotlar, videofilmlar va h.k.larni namoyish etish uchun obekt hududi yoki uning tashqarisida joylashgan xonalar ajratilishi mumkin.
Obektning ekspluatatsiya qiluvchi tashkiloti:
fuqarolarning atom energiyasidan foydalanish obektiga tashrif buyurish paytida ularning radiatsiyaviy xavfsizligini kafolatlaydi hamda zarur hollarda tegishli shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyim-kechaklar bilan ta'minlaydi, shuningdek obektga tashrif buyurgan fuqarolarning radiatsiyaviy monitoringini olib borilishini ta'minlaydi;
fuqarolarning atom energiyasidan foydalanish obektiga tashrif buyurish tartibi bilan tanishtiruvchi va tashrif buyuruvchilarning qiziqtirgan savollariga javob hamda ma'lumotlar beruvchi mas'ul shaxsni tayinlaydi;
atom energiyasidan foydalanish obekti hududiga ta'qiqlangan narsalarni olib kirilishini oldini olish maqsadida tashkiliy, muhandislik va texnik tadbirlarni amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026