Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda 2 yoshli farzandini zaharlab, 8 yoshli o‘gay o‘g‘lini esa muntazam qiynab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jizzax viloyati Forish tumani Qizilqum mahallasida istiqomat qiluvchi 2 yoshli M.M. hasharotlarga qarshi qo‘llaniladigan “Nurel” kimyoviy vositasidan zaharlangani bois tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Bu haqda Postda nashri xabar bermoqda.
Olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida jabrlanuvchi M.M.ni otasi - Namangan viloyati Chust tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi, Forish tumanining Qizilqum mahallasiga dehqonchilik qilayotgan, 1978 yilda tug‘ilgan M.I. zaharlaganligi aniqlandi.
Shuningdek, M.I. shar'iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i Sh.M.ning 8 yoshli farzandi M.J.ni ham muntazam ravishda qiynab, do‘pposlab, haqoratlab kelgan.
Xususan, 2020 yilning mart oyida M.J.ning ustiga qaynoq suv sepib, kuyish jarohati yetkazgan. Bola tanasida ushbu jarohat belgilari ham mavjud.
Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
12:15 / 26.02.2026
Jizzaxda «Yangi Jizzax» shaharchasi barpo etiladi
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
19:53 / 23.02.2026