Mark Tsukerberg boyligi 100 milliard dollardan oshgan dunyodagi uchinchi odamga aylandi
Facebook aksiyalari narxi kompaniya tomonidan qisqa videolar servisi Instagram Reels ishga tushirilgani haqidagi xabarlardan keyin yuqoriladi. Buning ortida kompaniya asoschisi va rahbari Mark Tsukerbergning kapitali birinchi marta 100 mlrd dollardan oshdi.
“Mark Tsukerberg kapitali Facebook aksiyalari narxi TikTok’ga raqobatchi xizmat ishga tushirilgani haqidagi xabarlardan keyin oshishi natijasida birinchi marta 100 mlrd dollardan ortdi”, deb ma'lum qildi Vloomberg axborot agentligi.
Bloomberg Billionaires Index (BBI) indeksiga ko‘ra, ayni vaqtda Tsukerbergdan tashqari, 100 mlrd dollardan ko‘proqqa boylikka yana ikki kishi - Amazon rahbari Jyeff Bezos va Microsoft asoschisi Bill Geyts ega.
Ta'kidlanishicha, Tsukerberg joriy yilda 22 mlrd dollarga, Bezos esa 75 mlrd dollarga boyigan. Tsukerberg iyunda ba'zi yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmog‘ida reklama joylashtirishdan bosh tortgandan keyin bir kunda 7,2 mlrd dollar yo‘qotgandi.
6 avgustdagi birja savdolari natijalariga ko‘ra, Facebook aksiyalari 6,49 foizga qimmatlab, bir aksiyasi narxi 265,28 dollarga yetgan. Kompaniya vakilining ma'lum qilishicha, Facebook’ning yangi videoservisi 50 dan ko‘proq davlat, jumladan, AQSh, Hindiston, Braziliya, Fransiya, Germaniya, Britaniyada ishga tushirilmoqda.
Iyul oxirida dunyoning eng yirik IT-kompaniyalari - Amazon, Apple, Facebook va Google Alphabet’ning bozor narxi 250 mlrd dollarga qimmatlab, 5 trln dollardan oshgani ma'lum qilingandi. Kompaniyalar aksiyalari narxi yuqorilashi 2019-2020 moliyaviy yilning 3-choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotlari e'lon qilingandan keyin yuz bergan.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024