O‘zbekiston | 17:51 / 07.08.2020
39067
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 20 mingdan oshdi

Bugun kun davomida hozircha 522ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 29 mingdan oshdi. Shuningdek, kun davomida 472 nafar bemor sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 20 mingdan oshdi.

«2020 yil 7 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 057 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Yangi holatlar (+522)

  • Toshkent shahrida 333 holat;
  • Toshkent viloyatida 153 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 8 holat;
  • Xorazm viloyatida 15 holat;
  • Andijon viloyatida 13 holat.

Tuzalganlar (+472)
Bugun hozircha to‘rt hududda 472 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 20 ming 59 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 286 nafar;
  • Toshkent viloyatida 164 nafar;
  • Andijon viloyatida 20 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar.

O‘lim holatlari (+4)
Bugun hozircha yana to‘rtta o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni rasman 181taga yetdi.

  • Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak);
  • Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol);
  • Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak);
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol).

Hozirda mamlakatda 8 817 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid