Senator Şuhrat Çölliyev mazkur qonun bilan parlament faoliyatida belgilanayotgan özgarişlar xususida ma'lumot berdi.
Davlat boşqaruvi organlari faoliyati ustidan samarali parlament nazorati taşkil qilişga qaratilgan uşbu Qonun bilan parlament va mahalliy Kengaşlar faoliyatiga oid bir qator qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Jumladan, amaldagi «Parlament nazorati töğrisida»gi Qonunga muvofiq Oliy Majlis palatalari faqat hukumat a'zolarining axborotini eşitişga haqliligi belgilangan bölsa, kiritilayotgan özgartişga asosan Qonunçilik palatasi va Senat hukumat a'zolari va davlat organlari rahbarlaridan taşqari xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining ham öz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eşitişi mumkinligi mustahkamlanmoqda.
Qonunlarga kiritilayotgan yangiliklardan biri parlament nazoratining turi hisoblanmiş parlament tekşiruvi institutini jonlantiriş va kengroq qöllaş amaliyotini joriy qilişga qaratilgan.
Sababi, parlament tekşiruvini ötkaziş böyiça amaldagi tartibda bir qator kamçiliklar mavjud edi. Xususan, Oliy Majlis palatalarida parlament tekşiruvini ötkaziş borasida aloxida qaror qabul qiliş imkoniyati yöq edi.
Şunga köra, mazkur Qonun bilan parlament tekşiruvi Qonunçilik palatasining yoki Senatning alohida qarori bilan yoxud Oliy Majlis palatalarining qöşma qarori bilan ötkazilişi mumkinligi belgilanmoqda.
Şuningdek, özgartişlarga asosan aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan parlament va senator sörovlari kimning nomiga yuborilgan bölsa öşa mansabdor şaxs yoki uning vazifasini bajarişi yuklatilgan şaxs tomonidan javob berilişi belgilanmoqda. Bu esa sörovlarning ta'sirçanligini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Yana bir özgartiş qonun loyihalarini körib çiqiş samaradorligi oşişiga hamda qonun loyihalari sifatining yaxşilanişiga qaratilgan. Unga köra, Qonunçilik palatasida amalga oşiriladigan birinçi öqişdagi qonun loyihasi yuzasidan ma'ruza bilan, qoida tariqasida, qonunçilik taşabbusi huquqi sub'yekti yoki uning vakili, keyingi öqişlarda esa mas'ul qömita vakili sözga çiqişi belgilanmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.












