Sayyoradagi eng sovuq joy 17 yillik izlashlardan keyin topildi
Ekologlar sayyoradagi eng sovuq joyni topishdi. Ushbu joyda harorat minus 92-94 darajagacha pasayadi. Bungacha sayyoradagi eng sovuq harorat Vostok tadqiqot stansiyasida qayd qilingan bo‘lib, u minus 89,2 darajani tashkil qilgan.

The Epoch Times nashrining xabar berishicha, eng sovuq joy Antarktidadagi Qirolicha Mod yerining sharqiy qismida joylashgan muz qalqonining cho‘qqisidagi Argus va Fuji gumbazlarini bog‘lovchi muz tizmasida joylashgan.
U yerda olimlar chuqurligi 2 metrdan 4 metrgacha keluvchi botiqliklarni aniqlashgan. Bu botiqliklarda minus 94 darajagacha sovuq havo to‘planadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, agar bunday haroratda ehtiyotsizlik qilib nafas olinsa, sovuq urish jarohatlari olish mumkin.
Ekologlar Yerdagi eng sovuq joyni 2003 yildan beri Akva va Landsat 8 sun'iy yo‘ldoshlari yordamida qidirib kelishgan.
Bungacha Yerda qayd qilingan eng sovuq harorat minus 89,2 daraja hisoblangan. Bunday ekstremal harorat 1983 yilda Antarktikadagi Vostok stansiyasida qayd qilingan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

17:51 / 17.04.2025
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi

16:10 / 27.03.2025
Olimlar birinchi marta Neptundagi qutb yog‘dularini tasvirga oldi

17:02 / 22.01.2025
Koinotda 33 ming km/soat tezlikdagi shamol qayd etildi - bu rekord ko‘rsatkich

11:26 / 01.10.2024