Xalqaro astronomlar guruhi ekzosayyora atmosferasida hozirgaça qayd etilgan eng tez şamol oqimlarini aniqladi. WASP-127b ekvatorida ularning tezligi soatiga 33 ming kilometrga yetadi. Kaşfiyot Yevropa janubiy observatoriyasi tomonidan e’lon qilindi.

WASP-127b — 2016 yilda kaşf etilgan gaz giganti. Bu sayyora Yerdan 500 yoruğlik yilidan ham uzoqroq masofada joylaşgan bölib, uning ölçami Yupiterdan biroz kattaroq, ammo ziçligi ança past. Ilmiy guruh uşbu obekt atmosferasida sayyoraning aylaniş tezligidan deyarli olti barobar tezroq esayotgan şamollarni aniqladi.

Gettingen universiteti tadqiqot rahbari Liza Nortmanning aytişiça, WASP-127b sayyorasida kuzatilgan taxminan 9 km/sekund (yoki 33 ming km/soat) tezlikdagi şamol eng tez şamol hisoblanadi.

“Biz bunday hodisani ilgari heç qaçon kuzatmaganmiz”, — deb qöşimça qildi u.

Taqqoslaş uçun, Quyoş tizimidagi eng kuçli şamol Neptunda qayd etilgandi — u atigi 0,5 km/sekund (1,8 ming km/soat) tezlikka çiqqan.

Tadqiqot Çilidagi “Ulkan teleskop” deb ataladigan CRIRES+ spektrografi yordamida olib borildi. Olimlar WASP-127b sayyorasi atmosferasining yuqori qatlamlaridan ötayotgan yulduz yoruğligini tahlil qilib, uning tarkibini aniqladi. Şundan söng, ular sayyorada tovuşdan tez esuvçi şamollar mavjudligini kaşf etdi.