Kaliforniya universiteti olimlari astronom Keming Jan boşçiligida mikrolinzalaş usuli bilan ölik yulduz atrofida aylanayotgan ekzosayyora — oq pakanani kaşf etdi. Tadqiqotçilarning e’tiborini tortgan narsa şuki, bu tizim Quyoş tizimiga öxşab ketadi, uning holati esa Yer va Quyoşning kelajakdagi qiyofasini aks ettirişi mumkin. Uşbu tadqiqot Nature Astronomy jurnalida e’lon qilindi.

Olimlar oq pakanalar tizimini kuzatayotganda, tasodifan orqa fondagi yulduzlarning yoruğligi buzilganini aniqladi. Bu hodisa gravitatsion linzalaş deb ataladi. Olimlarni qiziqtirgan sayyora aynan şunday kaşf etildi. Tadqiqotçilar uning massasi Yer massasidan 1,9 marta katta ekanini aniqladi, biroq bu obektning tuzilişi Yernikiga öxşab ketadi.

Bundan taşqari, oq pakanagaça bölgan masofa ham hisoblab çiqildi. U 2,1 astronomik birlikka teng ekani ma’lum böldi, ya’ni Quyoş bilan Yer orasidagi masofadan ikki barobar köproq.

Ammo kaşfiyotning eng muhimi jihati — yulduzning halokatidan keyin ham tizimda bu sayyoraning tirik qolişi edi. Oq pakananing massasi baholangaç, uni tirik qoldirgan yulduz Quyoşga öxşaş ekani aniqlandi. Bunday yulduzlar halok bölişidan oldin qizil gigantlarga aylanadi. Hisob-kitoblarga köra, kelgusida Quyoş ham kengayib, Merkuriy va Venerani, şuningdek, Yerni ham yutib yuborişi mumkin. Biroq yaqindagina topilgan sayyora misolida uning falokatdan omon qolganini köriş mumkin. Bundan taşqari, pakana sayyora yulduz halok bölişidan oldin taxminan Quyoş va Yer oraliğidagi masofada joylaşgan edi, yulduzning “sönggi talvasasi” paytida esa “uzoqlaşgan”.

Zamonaviy modellarda Quyoş kengayişni boşlaganda, Yer yutilişdan qutula oladimi yoki yöq, degan masalada turliça fikrlar mavjud. Buning sababi, qizil gigantning massa yöqotiş tezligi haqida bilimlar juda oz. Kaliforniyaliklar kaşfiyoti şuni körsatadiki, Yerning halokatini başorat qiluvçi ayrim modellar haddan taşqari pessimistik. Sayyoramiz yutilişdan qutulib qolişi mumkin — buni oq pakana misolida kördik.

Darvoqe, Yer aholisi bu jarayonlarni köra olmasligi mumkin. Gap şundaki, Quyoş taxminan 5 milliard yildan söng qizil gigantga aylanişni boşlaydi. Ammo jarayondan oldinroq uning harorati kötarilib, sayyoramizda hozirgidek hayot keçiriş imkonsiz bölib qoladi. Buning örniga, Saturn va Yupiterning yöldoşlari yaşaş uçun qulay zonaga aylanişi mumkin. Olimlarning taxminiga köra, insoniyat öşa yerlarga köçib ötadi va ulardan turib Yerga nima bölayotganini kuzatadi.