Jahon | 12:35 / 08.08.2020
26832
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusli bemorlarning ahvolini yaxshilaydigan yagona omil aytildi

Araxis, pista, kakao va vinoning tarkibidagi ACE2 fermenti koronavirus yuqtirib olgan bemorlarning ahvolini yaxshilamaydi.

Foto: Global Look Press

Bu haqda Gamaleya nomidagi Rossiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg gapirib berdi.

«Aslida bemorning ahvoliga ta'sir qiluvchi hech qanday oziq-ovqat mahsuloti yo‘q», deb ogohlantirdi olim.

«Hozirgi vaqtda bemorning ahvolini faqat shu virusga qarshilik qiladigan antitana yengillashtirishi mumkin xolos. Boshqa hech narsa yordam berolmaydi», – dedi Ginsburg.

Uning ta'kidlashicha, faqat antitana virusga qarshi kurashda yordam berishi mumkin. U koronavirus bilan xastalangan va shifo topgan odamlardan olinib, bemorning tomiridan yuboriladi.

«Virusni bloklash uchun yong‘oq yoki araxis yeyish emas, balki tayyor antitana quyish maqsadga muvofiq»,- deb tushuntirdi olim.

Epidemiya boshlangan paytda odamlar virusning yuqishini oldini olish maqsadida ommaviy ravishda limon va zanjabilni sotib olishgan edi. Har ikkala mahsulot immunitetni kuchaytirsa-da, shifokorlar ularning virusni organizmga tushishiga to‘sqinlik qilmasligini aniqlashdi. Bu sarimsoqqa ham taalluqli. Mahsulot foydali bo‘lsa-da, uni virusdan saqlashi yoki davolashiga umid bog‘lash – juda xatarli. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda davolanishni kechiktirmaslik lozim.

Mavzuga oid