O‘zbekiston | 23:45 / 09.08.2020
71056
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: 5 hududda yangi holatlar qayd etildi, kasallikdan tuzalganlar soni 22 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 9 avgust kuni 691ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 30 ming 609taga yetdi. Bugun shuningdek, 726 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 9 avgust kuni mamlakatimizda 691 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

9 avgust kuni respublikaning 5 hududida yangi holatlar qayd etilgan. Yangi kasallanish holatlari tana harorati ko‘tarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Qatorasiga uchinchi kun kunlik o‘sish 700tadan kam bo‘lmoqda.

  • Toshkent shahrida 509 holat;
  • Toshkent viloyatida 160 holat;
  • Andijon viloyatida 11 holat;
  • Namangan viloyatida 7 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 holat.

Tuzalganlar (+726)
Bugun respublikaning 8 hududida jami 726 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 22 ming 42 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 436 nafar;
  • Toshkent viloyatida 214 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 31 nafar;
  • Andijon viloyatida 15 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 15 nafar;
  • Namangan viloyatida 7 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 5 nafar;
  • Navoiy viloyatida 3 nafar. 

O‘lim holatlari (+6)
Bugun ham SSV 6ta o‘lim holati haqida xabar berdi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha rasmiy statistikada qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 194taga yetdi.

  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak);
  • Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak);
  • Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashagan 61 yoshli B.R. (erkak);
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 67 yoshli Q.K. (erkak);
  • Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli Q.R. (ayol);
  • Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli U.B. (ayol).

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 373 nafar bemordan 1 378 nafari og‘ir, 386 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid