Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan hukumati namoyishlar ortidan iste'foga chiqdi
Bayrutdagi halokatli portlash ortidan yuz bergan norozilik namoyishlari Livan hukumatini iste'foga chiqishga majburladi.
Foto: Reuters
Livan hukumati iste'foga chiqdi, deb bayonot berdi sog‘liqni saqlash vaziri Hamid Hasan LBC telekanali efirida.
Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, Zeyna Akr Mudofaa vaziri kursisini tark etgan. Avvalroq, hukumatning bir necha vakili iste'fo haqida bayonot bergan edi. 10 avgust kuni kechqurun bu masala bo‘yicha bosh vazir Hasan Diab ham bayonot berishi kutilmoqda.
Hukumatning to‘liq tarkibda iste'foga chiqishi Bayrut aholisi talablaridan birining bajarilishini anglatadi.
Bayrut portidagi kuchli portlash 4 avgust kuni sodir bo‘ldi. Natijada, shaharga juda katta zarar yetkazildi, 4 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortig‘i uylaridan mahrum bo‘ldi, 200ga yaqin insonning jasadi topildi.
7 avgustdan boshlab livanliklar norozilik namoyishiga chiqishdi, keyinchalik bu ommaviy to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Namoyishchilar politsiyani toshbo‘ron qilishdi, petardalarni otishdi, bunga javoban, politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gazga ega granatalarni uloqtirdi. Namoyishchilar bir qancha talablarni qo‘yishdi, jumladan, parlamentni tarqatib yuborish, islohotlarni o‘tkazish va h.k.
Juma kuni ular 4ta vazirlikning binosini egallashdi, ammo keyinchalik harbiylar ularni hukumat idoralaridan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida xavfsizlik xizmatining bir xodimi halok bo‘ldi, 700dan ortiq kishi jarohatlandi.
Mavzuga oid
13:57 / 29.03.2026
Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar: Isroil harbiy-dengiz konserniga zarba berdi, husiychilar yana raketa uchirdi
14:48 / 25.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Eron raketasi Tel-Avivga kelib urildi, Isroil Livan janubini egallamoqda
09:35 / 24.03.2026
Netanyahu: Isroil Eron va Livandagi nishonlarga hujumni to‘xtatmaydi
10:04 / 23.03.2026