Kun.uz saytida «Bizga uskunalar ajratişmayapti, va'da qilingan mukofot pullaridan darak yöq» — Toşkent viloyatining boş infeksionisti murojaati» sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda Çirçiq şahrida joylaşgan viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi rahbari Guljahon Yuldaşeva ta'minot, şaroit va tölovlar böyiça öz noroziligini bildirgan.

Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Toşkent viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği, tibbiyot fanlari doktori Töraqul Arziqulov bilan suhbatlaşdik.

– Töraqul Sodiqoviç, e'lon qilingan maqolada Çirçiq şahrida joylaşgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi rahbari öz xodimlari nomidan qator e'tirozlar bildirgan. Bu haqda nima deya olasiz?

 – Çirçiq şahridagi yuqumli kasalliklar şifoxonasi Soğliqni saqlaş vazirligi reyestriga asosan karantin obekti, ya'ni koronavirus tasdiqlangan bemorlar uçun emas, birlamçi ular bilan muloqotda bölgan gumondor fuqarolarni saqlab turiş obekti etib belgilangan. Agar bu yerda biror fuqaroda COVID-19 aniqlansa, bemor zudlik bilan COVID-19'ga çalingan bemorlar davolanuvçi maxsus şifoxonasiga yetkaziladi. Bu maskan mutlaqo koronavirusni davolaş uçun möljallangan şifoxona emas.

Töğri, pandemiya pik davriga çiqqanda juda köp şifoxonalarga koronavirusga şubha qilingan, ammo kasallik rasman tasdiqlanmagan bemorlar yotqizildi. Hatto öşa şifoxonalarda kasallik tasdiqlangan bemorlar ham ma'lum muddat qolib ketişdi. Ammo qisqa muddatda bu muammolar bartaraf qilindi, gumondagilar alohida, kasallik tasdiqlanganlar alohida qilib ajratib olindi.

– Şifoxona rahbari murojaatida mukofot pullari (şifokorlarga 25 mln, hamşiralarga 15 mln sömlik va h.k) rağbatlantiriş mablağlari tölab berilmayotgani haqida ham aytib ötgan. Bunga qanday izoh berasiz.

– Bu şifoxona xodimlarining prezident qarori bilan belgilangan koronavirusga qarşi kuraşda faol qatnaşayotgan şifokorlarni qöşimça rağbatlantiriş mablağlari tölanmayotgani haqidagi noroziligi asossiz. Çunki bunday tölovlar bilan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolaydigan, SSVning koronavirusni davolaşga möljallangan şifoxonalar röyxatida bölgan şifoxonalar xodimlari rağbatlantiriladi. Yuqorida aytganimdek, Çirçiqdagi yuqumli kasalliklar şifoxonasi birlamçi muloqotda bölgan fuqarolar uçun hozirlangan karantin obekti hisoblanadi.