«Bizga uskunalar ajratişmayapti, va'da qilingan mukofot pullaridan darak yöq» - Toşkent viloyatining boş infeksionisti murojaati
|15:00 / 09.08.202033 4196 min
Tahririyatimizga Çirçiq şahrida joylaşgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasining boş vraçi, viloyatning boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva murojaat qildi.
Biz Çirçiq şahriga borib, şifokor bilan uçraşdik va uning sözlariga quloq tutdik. Quyida boş vraçning murojaati bilan tanişasiz.
«Men Çirçiq şahrida joylaşgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasining boş vraçiman. Şifoxonamiz 1960 yilda taşkil topgan. Boşida bu şifoxona Çirçiq şahriga qaraşli bölib, 100 ta koykaga möljallangan bölgan. Söngra koykalar soni 80 tagaça qisqartirildi, keyinroq, 2000 yilda Çirçiq şifoxonasi viloyat şifoxonasiga ötkazildi. Bu yerdagi reanimatsiya va qabul bölimlari ham qisqarib ketdi.
Prezidentning 2017 yil 6 sentyabrdagi qarori bilan men Toşkent viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasining boş vraçi etib tayinlandim. Kelganimda bu yerda na reanimatsiya, na qabul bölimi, na OITV bölimi bor edi - faqat ötkir içak infeksiyalari va havo-tomçi infeksiyalari bölimi faoliyat körsatardi.
Bu yerda iş boşlagan davrimda prezidentning bir qator qarorlari çiqdi, ular asosida birinçi galda reanimatsiya bölimi tuzilmasini taşkil etdik. Çunki bu muhim edi, oğir kasallarni Toşkent viloyati böyiça olib boradigan joy yöq edi.
Toşkent viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasiga reanimatsiya bölimini qayta jihozlaş va uskunalar bilan ta'minlaşda moliyaviy yordam sörab bir neça bor murojaat qildik, lekin murojaatlarimiz javobsiz qolib ketdi.
Prezident qaroriga köra tuzilmaga özgartirişlar kiritildi va OITV bölimini oçdik, çunki Toşkent viloyatida bittayam OITV bölimi yöq edi. Avvaliga OITV bölimida 10 ta, söngra 20 ta koyka oçildi. Xuddi şuningdek, OITV bölimini qayta jihozlaş hamda zarur uskunalar uçun mablağ sörab xat yozdik.
15 mart kuni pandemiya e'lon qilingaç, ertasiga şifoxonamizni karantin zonasi sifatida yopib qöyişdi. Bizga şunçaki COVID-19 yuqtirganlikda gumon qilinganlar emas, isitmasi kötarilgan va COVID-19ning dastlabki klinik simptomlariga ega insonlarni yotqiza boşlaşdi.
Adaşmasam, 2020 yilning 30 yanvarida zarur şaroitlar yaratiş va kerakli uskunalarni yetkazib beriş böyiça prezident qarori çiqqandi. Biroq mart oyida ham bizga heç qanday uskuna yetkazib berilmadi.
Karantin zonasida işlab, ança bilim-könikmalarni oşirib olganimizdan söng ikkinçi karantinda bizga nimalar, qanday preparatlar kerakligini bilardik. Zarur narsalarni körsatib xat yozganimizda, ikki kundan söng bizning bemorlar va tibbiyot xodimlarimizni Örtasaroy karantin zonasiga ötkaziş töğrisida buyruq keldi.
Mavzuga oid
Butun Özbekistonda tibbiyot xodimlari va soğaygan bemorlar gullar bilan uyiga kuzatilayotganida, bu yerga kuzatuv ostida avtobuslarda keltirişardi, ular orasida «musbat» natijali bemorlar ham bor edi, ularni «vagonçalar»ga jönatişardi. Bizning xodimlarni ham «vagonçalar»ga jönatmoqçi bölişdi. Lekin men viloyat hokimi va soğliqni saqlaş vaziriga murojaat qilib, heç bölmasa taşakkur ma'nosida vraçlarimiz 14 kunlik karantinni öz şifoxonasi hududida ötaşini söradim. Xodimlarimizga içki karantinni yakunlaganimizdan keyin, öz funksional majburiyatimizni yuqumli kasalliklar bölimi sifatida davom ettirişimiz haqida buyruq çiqdi.
Şundan söng SSVning buyruği çiqdi, unda Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasini koronavirus yuqtirgan bemorlarni qabul qiliş va davolaşga tayyorlaş körsatilgan edi — bu vazirning 82-sonli buyruğida aytilgan. Bizni yana e'tiborsiz qoldirib, heç qanday uskuna bermasdan, boşqa muassasalarni ta'minlay boşlaşdi. Holbuki, biz boş infeksion markaz hisoblanamiz.
Biz qator idoralarga, jumladan Toşkent viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasiga prezident qaroriga köra bizga va'da qilingan mukofot pullarini sörab xat yozdik. Balki bu taqdir hazilidir, Toşkent viloyat SSBning 209-buyruği çiqdi, unga köra bizda yotgan bemorlar boşqa muassasaga köçirildi. Aniqlanişiça, bizning bemorlarimizni davolaş uçun mukofot pulini ular köçirilayotgan şifoxonadagi xodimlar olişar ekan.
Bizga SSVdan qönğiroq qilişib,” sizlarga 10 ta oksigenerator ajratildi, Zangiotadagi ombordan olib ketişingiz mumkin”, deb aytişdi. Maşina jönatdik, uskunalar yuklanayotgan paytda Toşkent viloyat SSB boş buxgalteri qönğiroq qilib, Töraqul Sodiqoviç nomidan «berilmasin», deb aytdi va uskunalar berilmadi.
Şundan söng blogerlardan menga yordam qilişlarini söradim. Bu holat oşkor bölgaç, bizga uçta oksigenerator berişdi. Ertasi kuni yana 12 ta oksigenerator berildi. 12 ta oksigenerator bilan 120–130 nafar bemorni davolamoqdamiz. Bizga çirçiqlik volontyorlar törtta oksigenerator hadya qilişdi. Soğliqni saqlaş vazirining 188-sonli buyruğida SSB boşliqlari har bir bemorni kislorod bilan ta'minlaşi şartligi belgilab qöyilgan. Biz ta'minlay olmaymiz, bizda bunga imkoniyat yöq», deydi Guljahon Yöldoşeva.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş vraçi Guljahon Yöldoşeva va Toşkent viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Töraqul Arziqulovning telefon orqali qisqa suhbati tarqalgandi. Şundan söng Toşkent viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmati holatga munosabat bildirib, Guljahon Yöldoşevani “şifokor şa'niga doğ tuşiradigan yolğon ma'lumotlarni tarqatiş bilan şuğullanmoqda” deb ayblagandi.
Biroq, har ikki tomonning gap-sözlari soliştirilganda şifokorning talablari nisbatan haqiqatga yaqinroq körinmoqda. Şu bois, bu masala Soğliqni saqlaş vazirligining bevosita aralaşuvi bilan hal etilişi maqsadga muvofiq bölar edi.
Biz tegişli taşkilotlardan uşbu vaziyatga oydinlik kiritişni sörab qolamiz.