O‘zbekiston | 12:48 / 11.08.2020
4859
6 daqiqa o‘qiladi

AKTni joriy qilish uchun mas'ul rahbarlarga beriladigan har oylik ustama va jarima miqdorlari tasdiqlanadi

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul rahbarlarni rag‘batlantirishning samarali tizimi tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish natijadorligi bo‘yicha vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul rahbarlarini rag‘batlantirishning samarali tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Quyidagilar:

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va samaradorligini reytingli baholash metodikasi;

Xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va samaradorligini reytingli baholash metodikasi;

Davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida va xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va samaradorligini reytingli baholash tizimining strukturasi;

Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul rahbarlarini rag‘batlantirish va javobgarligini belgilash to‘g‘risidagi nizom;

Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul rahbarlarini rag‘batlantirish va javobgarligini belgilash bo‘yicha komissiya tarkibi;

Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul rahbarlarini rag‘batlantirish va javobgarligini belgilash tartibi;

Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul rahbarlariga beriladigan har oylik ustama va jarima miqdorlari tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining “Yagona axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va samaradorligini reytingli baholash tizimi”ni yaratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishi va ularning samaradorligini reytingli baholash metodikasi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi hamda tashkilotlarga yuboradi;

bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari departamentiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha reytingli baholanishi kerak bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatini kelishish uchun kiritadi;

ikki oy muddatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilishi bo‘yicha samaradorligini baholash uchun taqdim etiladigan axborotlarning sifati va ishonchliligini o‘rganish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

joriy yil 1 sentyabrga qadar “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan yaratilgan va joriy etilgan “Axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha reytingli baholash axborot tizimi”ni takomillashtirish va ushbu tizim negizida “Yagona axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va samaradorligini reytingli baholash axborot tizimi”ning joriy etilishini ta'minlaydi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:

har chorakda o‘z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish holati to‘g‘risidagi axborotlarning elektron shaklda, belgilangan muddatlarda reytingli baholash axborot tizimiga taqdim etilishini;

reytingli baholash natijalarini hisobga olgan holda, o‘z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalari samaradorligini oshirishga doir aniq chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta'minlaydi.

Belgilab qo‘yilishicha:

a) tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul rahbarlarini rag‘batlantirish tashkilotlarga ajratilgan budjet hamda ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

b) tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul rahbarlariga beriladigan har oylik ustama miqdori lavozim maoshidan 30 foizgacha bo‘lgan miqdorda, har oylik jarima miqdori lavozim maoshidan 15 foizgacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid