Qayd etilishicha, qarordan asosiy maqsad – kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitishning yangi tizimini joriy qilish, ularni kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish jarayonlarini tashkil etish, ehtiyojmand aholi va nogironlar ish bilan bandligini ta'minlashga oid qo‘shimcha choralarni amalga oshirishdir.

Qaror bilan:

  • kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatish hamda ularning mehnat faolligini oshirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi;
  • aholi bandligini ta'minlash va ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish dasturi;
  • Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan mehnat migrantlarini o‘qitish choralari tasdiqlandi.

Hujjat bilan kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini joriy etish uchun moliyaviy xarajatlar miqdori va manbalari belgilandi.

Qarorda ko‘zda tutilgan kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda «Ishga marhamat» monomarkazlari;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari;
  • Toshkent shahri tumanlarida qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari;
  • mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari;
  • nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalari.

Hujjat orqali aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillarga o‘qitishga, nodavlat sektori imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun davlat yordamini berish mexanizmi joriy qilinadi.

Nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini tashkil etish uchun «Ishga marhamat» monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish muassasalarining binolari, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga ko‘ra boshqa bo‘sh turgan binolar yoki ularning bir qismi