O‘zbekiston | 09:02 / 11.08.2020
1404
2 daqiqa o‘qiladi

Yanvar-iyul oylarida 55,3 mingtadan ortiq korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi

2020 yilning yanvar-iyul oylarida 55,3 mingtadan ortiq korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi. 

Davstatqo‘m ma'lumotiga ko‘ra, shundan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar – 34,9 mingta, xususiy korxonalar – 7,2 mingta, oilaviy korxonalar – 11,1 mingta, muassasalar – 0,6 mingta va boshqalar – 1,5 mingtani tashkil etdi.

Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,6 foizga oshdi

2020 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 77,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,1 foizga oshdi.

Jami sanoat korxonalari va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili – (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan), ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoatida – 14,2 foizga (jami sanoatdagi ulushi 94,7 foiz), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 14,5 foizga (jami sanoatdagi ulushi 3,3 foiz), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash – 31,0 foizga (jami sanoatdagi ulushi 0,5 foiz) va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning 1,8 foizga (jami sanoatdagi ulushi 1,5 foiz) o‘sishidir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid