Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokat bo‘lishni istaganlar uchun belgilangan talablardan biri bekor qilinishi mumkin
Shuningdek, advokaturaning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish taklif etilmoqda.
2020 yil 11 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan “Advokatlik faoliyatining kafolatlarini kuchaytirilishiga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Parlament saytida yozilishicha, deputatlar va davra suhbati ishtirokchilari e'tiboriga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2020 yil 30 iyun kuni odil sudlovni ta'minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi qarorlari asosida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga advokatlik faoliyatining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tuzatishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasining dastlabki tahriri taqdim etildi.
Ta'kidlanishicha, loyihani tayyorlash jarayonida nafaqat milliy qonunchilik asoslari, balki AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Turkiya, Rossiya va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasi o‘rganilgan.
Qayd etilganidek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘laqonli amalga oshirish va belgilangan maqsadlarga erishishda advokaturaning institutsional asoslari va faoliyat prinsiplari zamonaviy talablarga javob berolmayapti. Chunonchi, advokat protsessual maqomining zaifligi, advokatura instituti obro‘siga putur yetkazadigan va advokatlar huquqlari to‘liq ro‘yobga chiqishiga to‘sqinlik qilayotgan holatlarning mavjudligi, mamlakatda advokatlar sonining yetarli emasligi oqibatida malakali yuridik yordam olishning cheklanganligi kabi holatlar saqlanib qolmoqda.
Taklif etilayotgan tahrirda advokat mustaqilligiga ta'sir etmaydigan va manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmaydigan haq to‘lanadigan boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanishiga bo‘lgan cheklovni olib tashlash, advokat bo‘lish istagini bildirgan shaxslar uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha ikki yillik ish staji bo‘lishi talabini bekor qilish, shuningdek advokaturaning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, advokatlik tuzilmalarini ro‘yxatga olish, qayta tashkil etish va tugatish taomillarini “yagona darcha” tartibida Davlat xizmatlari markazi orqali hisobga olish taklif etilmoqda.
Tadbirda deputatlar va tadbir ishtirokchilari loyihada taklif etilayotgan muhim yangiliklarning huquqiy asoslarini yanada maromiga yetkazish, taklif etilayotgan normalarni amalda qo‘llashning mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlarini tahlil qildilar.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026