O‘zbekiston | 23:59 / 12.08.2020
44098
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda rekord sonda bemor tuzaldi, 671ta yangi holat qayd etildi

O‘zbekistonda 12 avgust kuni 671 ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 32 ming 624taga yetdi. Bugun shuningdek, 1569 bemor tuzaldi, 5 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 12 avgust kuni mamlakatimizda 671 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

12 avgust kuni respublikaning 8 hududida yangi holatlar qayd etilgan. Yangi kasallanish holatlari tana harorati ko‘tarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Qatorasiga oltinchi kun kunlik o‘sish holati 700tadan kam bo‘lmoqda.

Yangi holatlar (+671)

  • Toshkent shahrida 425 holat;
  • Toshkent viloyatida 142 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 30 holat;
  • Samarqand viloyatida 23 holat;
  • Buxoro viloyatida 23 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 15 holat;
  • Andijon viloyatida 7 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 6 holat;

Tuzalganlar (+1569)
Bugun mamlakatimizning 9 hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 569 nafari sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalganlarning jami soni 25 ming 659 nafarga yetdi.

Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija 2 avgust kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 1208 nafar bemor tuzalgandi.

  • Toshkent shahrida 1 245 nafar;
  • Toshkent viloyatida 215 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 47 nafar;
  • Samarqand viloyatida 14 nafari;
  • Andijon viloyatida 14 nafar;
  • Namangan viloyatida 12 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 10 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar;
  • Navoiy viloyatida 6 nafar.

O‘lim holatlari (+5)
Bugun 5 bemor vafoti haqida xabar berildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 211taga yetdi.

  • Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh.A. (ayol) vafot etdi;
  • Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. (erkak) vafot etdi;
  • Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli A.A. (erkak) vafot etdi;
  • Mirobod tumanida yashagan 67 yoshli E.P. (erkak) vafot etdi;
  • Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.M. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 6 784 nafar bemordan 1 375 nafari og‘ir, 410 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid