Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank Pokiston Milliy bankining vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya sertifikatini bekor qildi
U o‘z faoliyatini 1995 yil 29 noyabrdan buyon O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya sertifikatiga asosan yuritib kelayotgan edi.
O‘zbekiston Markaziy banki Bank nazorati qo‘mitasining 2020 yil 30 iyuldagi qaroriga muvofiq, Pokiston Respublikasi Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilindi.
MB xabariga ko‘ra, mazkur qaror Pokiston Milliy bankining (PMB) Xalqaro operatsiyalar biznes strategiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondagi bank operatsiyalarini, shu jumladan, Toshkent shahridagi vakolatxonasini yopish to‘g‘risidagi murojaatiga binoan qabul qilindi.
Pokiston Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Respublikasi o‘rtasidagi bank hamda investitsiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
U o‘z faoliyatini 1995 yil 29 noyabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya sertifikatiga asosan yuritib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
12:45 / 01.03.2026
Pokistonda yuzlab namoyishchilar AQSh konsulligiga hujum qildi
21:59 / 28.02.2026