O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 32 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 232 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 12 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 215 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlari:
- Toshkent shahrida 155 holat;
- Samarqand viloyatida 23 holat;
- Buxoro viloyatida 23 holat;
- Sirdaryo viloyatida 15 holat;
- Toshkent viloyatida 6 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 6 holat;
- Qoraqalpog‘istonda 4 holat.
Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh.A. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Endilikda O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 208taga yetdi.
Shu vaqtgacha 24 090 bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan.
Hozirda mamlakatimizda 7 917 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023