Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda amaldorlar o‘z daromadi va mol-mulki to‘g‘risida yangi shaklda hisobot beradigan bo‘ldi
Tojikistonda hukumat amaldorlari uchun deklaratsiyalarning yangi shakllari tasdiqlandi, unda ular hatto tomorqa yer uchastkasidan kelib tushadigan daromadni ham ko‘rsatishadi.
Tojikiston hukumati davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyalar yangi shakllarini tasdiqladi. Ularni to‘ldirish tartibi ham tasdiqlandi.
Daromad solig‘i deklaratsiyasida mansabdor shaxslar daromadlar to‘g‘risida quyidagi ma'lumotlarni ko‘rsatishi kerak:
- asosiy ish joyidagi daromadlar
- asosiy bo‘lmagan ish joyidan olinadigan daromad
- ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan keladigan daromadlar
- ijaraga berilgan mulkdan olingan daromadlar
- tomorqa yer uchastkasidan olinadigan daromad
- ijaraga berilgan yerdan olingan daromadlar
- bank omonatlari bo‘yicha daromadlar
- tijorat tashkilotlarining ustav kapitalidagi ulushdan va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar
- boshqa daromadlar (daromad turini ko‘rsatgan holda).
Mulk holati deklaratsiyasida esa quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- mulk (xususiy mulk), shu jumladan chet eldagi mulk haqida
- ko‘chmas va ko‘char mulk to‘g‘risidagi ma'lumotlar
- chorva va parrandalarning soni haqida
- tijorat tashkilotlarining ustav kapitalidagi aksiyalar bo‘yicha
- omonatlar hamda qimmatbaho metallar va toshlar haqida
- moliyaviy tusdagi majburiyatlar haqida.
Respublikaning amaldagi qonunchiligiga binoan, davlat xizmatchilari 1 apreldan (hisobot yilidan keyin) kechiktirmay mahalliy soliq xizmatlariga daromad solig‘i deklaratsiyasi va mulk holati to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etishlari shart.
Deklaratsiyani taqdim etmaslik yoki ularda noto‘g‘ri ma'lumotlar aks ettirilishi davlat xizmatchisini ishdan bo‘shatish va ushbu fuqaroning davlat xizmatiga qabul qilinishini rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Undan oldin amalda bo‘lgan deklaratsiyalarda davlat xizmatchilarining yillik ish haqi, daromadi va mulki (avtomobillar, ko‘chmas mulk hamda boshqalar) to‘g‘risidagi ma'lumotlar mavjud edi.
Soliq organlari deklaratsiyalarni e'lon qilishga haqli emas, chunki bu Tojikiston Soliq kodeksining 123-moddasi bilan qat'iyan taqiqlangan.
Ammo, agar muallifning o‘zi daromad manbasini oshkor qilishni xohlasa, bu holatda hech qanday taqiqlar yo‘q.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:19 / 09.06.2026
Sud xodimlarining daromad va mol-mulki deklaratsiya qilinadi
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026