Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 23:10 / 12.08.2020
64323
2 daqiqa o‘qiladi
«Yashil», «sariq» va «qizil» aviareyslar ro‘yxati yangilandi
«Yashil» reyslarda - Xitoy, Janubiy Koreyadan kelganlar karantinga olinmaydi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan kirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi.
Unga ko‘ra:
- Epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan («yashil» reyslar) davlatlardan – (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi.
- Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan («sariq» reyslar) davlatlardan – (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi.
- Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan («qizil» reyslar – evakuatsiya reyslari) davlatlardan – O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi bo‘yicha toifaga ajratilgan davlatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga asosan:
- «yashil» reyslar sifatida – Xitoy Xalq Respublikasi, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya;
- «sariq» reyslar sifatida – Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno), Ozarboyjon;
- «qizil» reyslar sifatida boshqa barcha davlatlar belgilandi.
Belgilanishicha, bu ro‘yxat har haftada yangilab boriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026