Bugun insoniyat tilida eng köp yangrayotgan söz – koronavirus. Suhbatimizni mazkur kasallik mohiyati, qayerdan kelib çiqqani va odamlar u haqida qanday tasavvurga ega bölişlari zarurligi masalasidan boşlasak.

– Koronaviruslar – viruslarning katta bir oilasi hisoblanadi. Ular hayvonlarda ham, insonlarda ham mavjud. Biz buni oxirgi 50-60 yildan beri örganmoqdamiz. Birinçi marta koronavirus 1937 yilda tovuqlarni embrionida aniqlangan. 60-yillarga kelib odamlar organizmida paydo böldi. Virusning SARS’dan taşqari yana 4 turi bor. Infeksiyalari yengil keçadi. Faqat tomoq yöllarida uçraydi, öpkaga tuşmaydi. Şuning uçun bular fan tomonidan ham unça jiddiy qabul qilinmagan edi. 2002 yilning martiga kelib, ilk marta SARS-1 nomli koronavirus aniqlandi. Öşanda katta muammo paydo böldi. Bu virus juda tez tarqaladigan, ölim körsatkiçi 10 foizni körsatdi. Lekin u 2003 yil yozga kelib yöqoldi, ya'ni tarqalişi töxtadi. Uşbu virus 24 yoki 25 mamlakatga tarqagandi.

2012 yilda MERS degan koronavirus çiqdi. Bu ham tez töxtagan edi. Ammo keyingisi xavfliroq çiqdi. Ölimlar körsatgiçi ham 34 foizgaça yetdi. Sönggi koronavirus esa 2019 yili Xitoyning Uhan şahrida paydo bölgan va hozir ham butun dunyoni larzaga solayotgan COVID-19'dir. Biz olimlar uni SARS-2 deb ataymiz. Bu virus oldingilariga qaraganda tezroq tarqaladi, lekin ölim xavfi kamroq. Ammo demografik va boşqa bir qator omillarga köra, ölim foizlari ham turliça.

Bu viruslar hujayralarni “işğol” qilgaçgina, insonni yengadi. Asosan oğiz va burun böşliği, bronxlarda, öpka hujayralarida faollaşadi. Aniqlanişiça, bu virusning 80 foizi körşapalaklardan yuqqan. Ilmiy dalillarga köra, u 600-800 yildan beri mavjud. Koronavirusning tarqaliş yöliga kelsak, u dastlab körşapalaklardan hayvonlarga ötadi. Keyin hayvonlardan odamlarga ötadi. Bitta hayvondan boşqasiga ötganda virusni genomida juda katta özgariş yuz beradi. Bunda bir hayvon virusi bilan ikkinçisiniki aralaşib ketadi. Xuddi şu virus inson organizmiga tuşsa, unda katta muammo keltirib çiqaradi. Sababi inson organizmida bu virusga nisbatan informatsiya va immunitet yöq. Şu sabab katta pandemiyalar kelib çiqdi. 

Virusning bunçalik keng tarqalişiga yana qanday omillarni misol keltiriş mumkin?