Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanning Moskvadagi elchixonasiga yamanlik harbiylar bostirib kirgani ma'lum qilindi
12 avgustda Yaman armiyasining 6 nafar harbiysi Yamanning Moskva markazida joylashgan elchixonasiga bostirib kirgan. Koronavirus pandemiyasi sababli Yamanga qaytarilmayotgan harbiylar vatanlariga qaytishni talab qilishgan. Bu haqda “Interfaks”ga vaziyatdan xabardor manba ma'lum qilgan.
“Bugun kechki vaqt huquq-tartibot idoralariga Yaman elchixonasi binosiga ushbu davlat qurolli kuchlarining 6 zobiti bostirib kirgani haqida ma'lumot tushdi”, deb ma'lum qilgan manba.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, harbiylarning elchixona binosiga bostirib kirishlariga harbiy akademiyadagi kurslarni tamomlaganlaridan keyin Yaman rasmiy idoralari ularni uylariga qaytarishni rad etayotgani sabab bo‘lgan.
“Ayni vaqtda elchixona ichida nima yuz berayotgani noma'lum. Bu haqidagi axborot tegishli tezkor xizmatlarga yetkazilgan”, deb ma'lum qilgan manba.
Biroq hozircha bu ma'lumot rasmiy vakillar va diplomatik idoralar tomonidan tasdiqlanmagan.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026