Koronavirus: O‘zbekistonda jami kasallanish holatlari soni 34 mingdan oshdi
O‘zbekistonda 14 avgust kuni 694ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 34 ming 17taga yetdi. Bugun shuningdek, 1448 bemor tuzaldi, 5 bemor vafot etdi.
«Shu yilning 14 avgust kuni mamlakatimizda 694 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 667 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, qolgan 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
14 avgust kuni respublikaning 12 hududida yangi holatlar qayd etilgan.
Qatorasiga sakkizinchi kun kunlik o‘sish holati 700tadan kam bo‘lmoqda.
Yangi holatlar (+694)
- O‘rtasaroy karantin markazidagilar orasida (xorijdan kelganlar) 27 holat;
Tana harorati ko‘tarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida:
- Toshkent shahrida 406 holat;
- Toshkent viloyatida 127 holat;
- Samarqand viloyatida 35 holat;
- Toshkent viloyatida 32 holat;
- Namangan viloyatida 12 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 14 holat;
- Xorazm viloyatida 12 holat;
- Sirdaryo viloyatida 10 holat;
- Andijon viloyatida 8 holat;
- Navoiy viloyatida 6 holat;
- Farg‘ona viloyatida 5 holat;
- Qoraqalpog‘istonda 2 holat;
Tuzalganlar (+1448)
Bugun respublikaning 10 hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1448 nafari sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 28 ming 661 nafarga yetdi.
- Toshkent shahrida 1104 nafar;
- Toshkent viloyatida 256 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 22 nafar;
- Samarqand viloyatida 21 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 17 nafar;
- Andijon viloyatida 10 nafar;
- Namangan viloyatida 9 nafar;
- Xorazm viloyatida 5 nafar;
- Navoiy viloyatida 2 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar.
Qatorasiga to‘rtinchi kun kunlik tuzalishlar soni mingdan oshiq bo‘lmoqda. 12 avgust kuni 1569 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord natija qayd etilgandi.
O‘lim holatlari (+5)
Bugun 5 o‘lim qayd etildi va rasmiy statistikaga ko‘ra jami o‘lim holatlari soni 221taga yetdi.
- Shayxontohur tumanida yashagan 71 yoshli M.O. (erkak) vafot etdi;
- Yakkasaroy tumanida yashagan 51 yoshli U.P. (erkak) vafot etdi;
- Olmazor tumanida yashagan 72 yoshli A.Ya. (erkak) vafot etdi;
- Yakkasaroy tumanida yashagan 36 yoshli F.R. (erkak) vafot etdi;
- Yunusobod tumanida yashagan 59 yoshli S.M. (ayol) vafot etdi.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 135 nafar bemordan 1 289 nafari og‘ir, 362 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023