Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark va klasterlar faoliyati bo‘yicha statistika ochiqlandi
2020 yilning yanvar-iyun oylarida jami 18 ta maxsus iqtisodiy zona (MIZ), 71 ta kichik sanoat zona direksiyasi (KSZ), 3 ta texnopark hamda 259 ta klaster mavjud bo‘lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni MIZda 462 tani, KSZda 1473 tani, texnoparklarda 48 tani va klasterlarda 259 tani tashkil etdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami – 10,8 trln so‘mni tashkil qildi, shundan MIZda – 4,9 trln so‘mni, KSZda – 1 trln so‘mni, texnopark – 69,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 4,7 trln so‘mni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich MIZlar tarkibidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, 4,9 trln so‘mni tashkil etgan.
2020 yilning yanvar-iyunida zonalar bo‘yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi eng ko‘p MIZlarda 4,9 trln so‘mni, klasterlarda 4,7 trln so‘mni, KSZlarida 1 trln so‘mni, texnoparklarda 69,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami – 20,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: MIZda – 10,5 mlrd. so‘mni va KSZda – 10,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich MIZ tarkibidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, 10,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan
2020 yilning yanvar-iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi jami – 1,2 trln so‘mni tashkil qildi. Shundan MIZda – 956,0 mlrd. so‘mni, KSZda – 87,3 mlrd. so‘mni, texnopark – 0,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 236,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark, klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) (-) miqdori jami – 1,8 trln so‘mni tashkil qildi. Shundan MIZda – 500,8 mlrd. so‘mni, KSZda – 1,3 trln so‘mni, texnopark – 7,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 35,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024